TEXNOLOGIK MADANIYAT VA KOMPETENTLIK ASOSLARI
Kitob haqida
Mamlakatimizda taʼlim tizimi, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash borasida salmoqli ishlar bajarildi. Oʻqitayotgan va bilim olayotgan kadrlar uchun oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni xalqaro andazalarga moslashtirish borasida ham uzluksiz ishlar davom ettirilmoqda. Maktabgacha, umumiy oʻrta, professional, oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida inson kapitalini rivojlantirish uchun juda katta mablagʻ ajratilyapti. Prezidentimiz “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan fikrni bejiz taʼkidlamagani yaqqol namoyon boʻladi. Bu gʻoya taʼlim tizimida mehnat qilayotgan oʻqituvchilarga va bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar zimmasiga juda katta masʼuliyat yuklamoqda. Pedagog endi diplomida qayd etilgan muayyan fan boʻyicha oʻqituvchilik qilishi emas, balki shu sohaning mutaxassisi maqomi uchun oʻz ustida ishlashi davr talabi ekanligi barchamizga ma’lum. Ushbu darslik bo`lajak Texnologiya fani o`qituvchilari bilishi zarur bolgan fanga kirish, zamonaviy o`qituvchining texnologik madaniyati, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning madaniy-texnologik aspekti, texnologik madaniyatga qo`yiladigan shaxsiy va kasbiy sifatlar, tarkibiy kismlari, shakllantirish tizimi va uni baholash, kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslari, kompetensiya, kompetentlik tushunchalarining moxiyati va ilmiy maktablar talqini, kompetensiyaviy yondashuvning xorijiy tajribalari, o`qituvchilar kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart sharoitlari, didaktik xususiyatlari, ta’limga an’anaviy va kompetentlikka yo`naltirilgan yondoshuvlarning qiyosiy tavsifi, kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari, kasbiy shakllari,baholash mezonlari, ko`rsatkichlari va darajalari kabi bilim, ko`nikma hosil qilishga mo’ljallangan.
Kitob ma'lumotlari
Muallif
Hamdamova Nozima Mukimovna
Muallif
Hamdamova Nozima Mukimovna
Kategoriya
Darslik
Til
O'zbekcha
Fayl formati
Nashr yili
2025
Sahifalar
232 sahifa
ISBN
978-9910-8618-0-2
Yuklab olishlar
3 marta